Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Vaziyatlar markazi“ ish boshladi
2026-08-12 10:20:00 / Yangiliklar

Qarshi shahar hokimligida yangi formatdagi “Aqlli shahar” vaziyatlar markazi faoliyatini boshladi.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan taqdimotda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, shahar va tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbirda “Aqlli shahar” platformasining imkoniyatlari va hududni boshqarishdagi ahamiyati haqida maʼlumot berildi. Markazda 50 ga yaqin vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda raqamli servislari yagona platformaga integratsiya qilingan. Bu hududdagi jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish, tahlil qilish va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.
“Aqlli shahar” vaziyatlar markazining ishga tushirilishi Qarshi shahrini boshqarish samaradorligini oshirish, muammolarni barvaqt aniqlash va tezkor choralar koʻrish, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.









