Himoya orderi va tuzatish dasturi: muammodan yechimga
2026-08-12 10:15:00 / Yangiliklar

Oilada va jamiyatda xotin-qizlar osoyishtaligini taʼminlash — faqat jabrlanuvchini himoya qilish emas, balki zoʻravonlik ildizini quritishdir.
Oliy sudda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan davra suhbatida xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan shaxslarning xulq-atvorini oʻzgartirish hamda ularni tuzatish dasturidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish masalasi ushbu qizgʻin muhokamalarning bosh mavzusiga aylandi.
Tadbirda soha ekspertlari va sudyalar ishtirokida quyidagi dolzarb masalalar tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar holatining qonuniy asoslari, jabrlanuvchilarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularga yordam koʻrsatish tizimi tahlil oʻrganildi.
Shuningdek, zoʻravonlik oqibatida xotin-qizlarning ruhiy holatida yuzaga keladigan oʻzgarishlar bilan tizimli ishlash masalalari, xotin-qizlarga berilgan himoya orderlarining amal qilish muddatini uzaytirish bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqilayotgan ishlar va sud amaliyotidagi keyslar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida xotin-qizlar xavfsizligini taʼminlash, himoya orderini qoʻllash va sud amaliyotini takomillashtirishning dolzarb masalalari yuzasidan qizgʻin bahs-munozaralar hamda konstruktiv savol-javoblar oʻtkazildi. Oʻzaro fikr almashinuvlar asosida sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish va sud amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan muhim taklif hamda tavsiyalar bildirildi.









