Jizzax viloyatidagi dehqon bozorlari faoliyati va sanitariya holati oʻrganildi
2026-08-11 10:40:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati IIB boshligʻi va viloyat prokurori Dashtobod hamda Doʻstlik tumani dehqon bozorlari faoliyati bilan tanishib, savdo jarayonlarini samarali tashkil etish, sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, infratuzilma hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini takomillashtirish, xaridorlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish masalalarini oʻrgandilar.
Tuman mutasaddilari va tadbirkorlar bilan muloqotlar davomida mavjud muammolar, tadbirkorlarning taklif va murojaatlari muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati



