Navoiy viloyati IIBda “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
2026-08-09 13:10:00 / Yangiliklar

Navoiy viloyati IIB boshligʻi, uning oʻrinbosarlari hamda sohaviy xizmat rahbarlari ishtirokida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Yigʻilishda IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshligʻi, polkovnik Saidolim Nuriddinov ham ishtirok etib, tadbirlar davomida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
Tahlil jarayonida ayrim yoʻnalishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga alohida eʼtibor qaratilib, ularni bartaraf etish, profilaktik ishlarni samarali tashkil etish, xizmat faoliyatida qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilish yuzasidan masʼullarga tegishli yoʻl-yoʻriq va koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, natijadorlikni oshirish hamda hududlarda xavfsiz va sogʻlom muhitni yaratish borasida masʼul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatildi.
Muhokama yakunida har bir yoʻnalish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish hamda profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



