Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi “Guliston” mahallasida xavfsizlikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi
2026-08-09 11:45:00 / Yangiliklar

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbiri doirasida Surxondaryo viloyati hokimi, Harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Ulugʻbek Qosimov Termiz shahridagi Guliston mahallasi, Qirgʻoq boʻyi koʻchasida xavfsiz muhitni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur koʻchada “Xavfsiz koʻcha” tamoyili asosida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Qoʻriqlash xizmati tomonidan koʻchadagi barcha xonadonlar qoʻriqlovga olinib, fuqarolarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda zamonaviy qoʻriqlash signalizatsiya vositalari hamda kuzatuv kameralari oʻrnatildi. Bu esa hududda xavfsizlikni taʼminlash, sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning oldini olish va favqulodda holatlarga tezkor choralar koʻrish imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Shuningdek, shu yerning oʻzida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish ham oʻtkazildi.
Unda hududlarda xavfsiz muhitni shakllantirish, obyekt va xonadonlarni qoʻriqlovga olish koʻlamini kengaytirish, fuqarolar oʻrtasida profilaktik va targʻibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yigʻilishda xavfsizlikni taʼminlash faqat masʼul idoralar emas, balki mahalla va fuqarolarning hamkorligida amalga oshirilgandagina yuqori samaradorlikka erishish mumkinligi taʼkidlandi.
“Xavfsiz koʻcha”, “Xavfsiz mahalla“ tamoyili asosida amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar hududlarda osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolarning mol-mulki va xavfsizligini ishonchli himoya qilish hamda jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yigʻilishda viloyat Qoʻriqlash xizmati boshligʻi, Termiz IIB boshligʻi hamda Guliston mahallasi yettiligining hisoboti tinglandi.

IIV huzuridagi Qoʻriqlash departamenti