Andijon viloyati IIB boshligʻi kubogi uchun shaxmat musobaqasi oʻtkazildi
2026-08-07 12:30:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida sportning “Shaxmat” turi boʻyicha Andijon viloyati IIB boshligʻi kubogi musobaqasi yuqori saviyada oʻtkazildi.
Mazkur musobaqada viloyat ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy boʻlinmalaridan jami 30 nafar xodim ishtirok etib, oʻzaro murosasiz va qizgʻin bahslarda intellektual salohiyat hamda mahoratlarini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga koʻra, 3-oʻrin leytenant Asilbek Sheraliyev, 2-oʻrin mayor Mansurbek Azizov hamda faxrli 1-oʻrin mayor Farruxbek Qahramonovlarga nasib etdi.
Musobaqa gʻolibi va sovrindorlari Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari bilan topshirildi.
Shuningdek, musobaqada faol va namunali ishtiroki uchun leytenant Mamatumar Qosimov pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bunday musobaqalar ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida shaxmat sport turini yanada ommalashtirish, ularning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi shuningdek, xizmat faoliyatidagi samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati



