IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash yuzasidan muhim profilaktik tadbir oʻtkazildi
2026-08-06 13:55:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Kiberxavfsizlik departamenti va Oʻzbekiston Respublikasi DXX rahbariyati, Markaziy studiyadan qoʻmondonlik masʼullari hamda joylardagi harbiy qism va boʻlinmalar shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.
Tadbirda IIV Kiberxavfsizlik departamenti masʼuli tomonidan bugungi kunda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash va uning kelib chiqish sabablari, bunga imkon berayotgan omillar hamda ushbu jinoyatga qarshi kurashish usullari haqida atroflicha toʻxtalib barcha shaxsiy tarkibga tushunchalar berildi.
Qoʻshin qoʻmondoni Xasan Batirov qorovul qoʻshinlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida kiberjinoyatlarni sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik va unga qarshi kurashish hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini kiberjinoyat qurboniga yoki ishtirokchisiga aylanib qolishlarining oldini olish, shuningdek shaxsiy tarkibning huquqiy bilimlarini mustahkamlash yuzasidan qoʻmondonlik va harbiy qism mansabdor shaxslariga aniq vazifalarni belgilab berdi.





