“Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish hamda ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshma umumlashtirish yigʻilishi” boʻlib oʻtdi
2026-07-25 09:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda IIV, Bosh prokuratura, Oliy sud, Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi masʼullari hamda tegishli idoralar, NNT vakillari va jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish hamda erta nikoh holatlariga yoʻl qoʻymaslik, mazkur yoʻnalishda mutasaddilar koʻrayotgan choralarning samarasi va taʼsirchanligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi xabardorligini oshirish, sohada mavjud muammolarni aniqlash hamda hal etish yuzasidan fikr almashildi.
Yigʻilish yakunida ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilish, bu yoʻnalishda profilaktik ish samaradorligini yanada oshirish hamda idoralararo hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishildi.



