IIV Qorovul qoʻshinlari xotin-qizlarni xizmatga chorlaydi
2026-07-24 10:30:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qorovul qoʻshinlari boʻsh lavozimlarni jamlash maqsadida umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan xotin-qizlarni oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun tanlov eʼlon qiladi.
IIV Qorovul qoʻshinlari xotin-qizlarni oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun oʻtkaziladigan harbiy-kasbiy saralashda ishtirok etishga taklif etadi.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagida boʻlgan xotin-qizlar 2026-yilning 10-avgust kuni soat 08:00 dan 12:00 ga qadar Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amirobod koʻchasi, 1-uy (Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi)ga kelib murojaat qilishlari soʻraladi.
Harbiy-kasbiy saralash nomzodni dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik oʻrganish, yakuniy suhbat, tibbiy koʻrik, maxsus tekshiruv bosqichlarida oʻtkaziladi.
Harbiy-kasbiy saralashda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan, boʻy parametri 165 santimetrdan past boʻlmagan, umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus, professional yoki oliy maʼlumotga ega boʻlgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Harbiy-kasbiy saralashda ishtirok etadigan xotin-qizlar oʻzlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjat, tamomlagan taʼlim muassasasi diplomi (shahodatnomasi) hamda sport kiyimi olib kelishlari lozim.
IIV Qorovul qoʻshinlari
