Jizzax viloyatida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbiri doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
2026-07-20 11:55:00 / Yangiliklar

IIV rahbariyati huzurida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov rahbarligida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” maxsus profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilgan ishlar, kamchiliklar yuzasidan tahliliy-tanqidiy muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda viloyat va shahar IIB rahbariyati, sohaviy xizmatlar masʼullari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Muhokama davomida viloyat hududidagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Xususan, tergov, probatsiya, profilaktika, migratsiya, jamoat va yoʻl harakati xavfsizligi hamda “102” xizmati faoliyati yuzasidan natijalar tinglandi.
Ayrim sohalarda aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, bartaraf etish boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Yigʻilish yakunida profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash hamda jamoat xavfsizligini mustahkamlash yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati



