IIV rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari faoliyati sarhisob qilindi
2026-07-19 09:00:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov va viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilovlar ishtirokida sohaviy xizmatlar hamda shahar-tuman IIB rahbarlari ishtirokida 2026-yilning 6 oylik yakunlariga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov va viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilovlar boshchiligida olib borilgan yigʻilishda amaldagi yilning oʻtgan 6 oyi davomida Qashqadaryo viloyatidagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik dinamikasi hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Shundan soʻng, viloyat hududida sohaviy xizmatlar va shahar-tuman ichki ishlar boʻlimlari tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati murakkab hududlarda amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilikni jilovlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi. Unda barcha tuman va shaharda faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlari masʼullari videokonferens aloqa formatida ulanishdi.
Yigʻilish davomida joriy yilning 6 oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini mustahkamlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratish yoʻlida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi. Shuningdek, yilning ikkinchi yarmi uchun ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Yakunda masʼullarga davlatimiz rahbarining mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlashga qaratilgan qarorlari ijrosini soʻzsiz taʼminlash, “yettilik“ tizimi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish boʻyicha masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.





