Andijon viloyatida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” hamda “Komplayens va maʼnaviy madaniyat oyligi” doirasida oʻrganishlar oʻtkazildi
2026-07-18 11:45:00 / Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari polkovnik Rustam Mirzayev “Xavfsiz va sogʻlom yurt” , shuningdek “Komplayens va maʼnaviy madaniyat oyligi” doirasida Andijon viloyatida oʻrganishlarni amalga oshirdi.
Tadbir davomida, xizmat vaqtida vafot etgan marhum xodimning xonadoniga borilib oila aʼzolaridan xabar olinib, ijtimoiy koʻmak koʻrsatildi, shuningdek Ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolariga tashrif buyurib, mavjud muammolar bilan tanishdi.
Yakunida IIV Ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 6 oyda erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazilib, xizmat yoʻnalishida yaxshi natijalarga erishgan xodimlar ragʻbatlantirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati




