Navoiy viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining kengaytirilgan idoralararo yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2026-07-18 09:30:00 / Yangiliklar

Yigʻilishda viloyat Prokuraturasi, IIB, Milliy gvardiya, MIB, Departament, Mahallalar uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sogʻliqni saqlash rahbarlari hamda videokonferensiya orqali tuman (shahar) prokurorlari, ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari va boshqa masʼullar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda 2026-yil 6 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda ijtimoiy – iqtisodiy sohalar kesimida mavjud muammolar va yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlarni muntazam ravishda oʻtkazish, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov harakatlarini olib borishda qonuniylikni taʼminlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.
Masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, Kengash qarori bilan hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hokimlik, idora va tashkilotlarning hamkorligini yanada kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati



