Toshkentda “Bosh boshqarma boshligʻi kubogi” uchun futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi
2026-07-17 17:20:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmushni targʻib qilish va sportni yanada rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va uning quyi tizimlari oʻrtasida “Futbol” sport turi boʻyicha “Bosh boshqarma boshligʻi kubogi” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Musobaqada Bosh boshqarmaning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari xodimlaridan shakllantirilgan jami 17 ta terma jamoa ishtirok etib, gʻoliblik uchun qizgʻin va murosasiz bahslar olib bordi.
Final uchrashuvlari natijalariga koʻra:
· 1-oʻrin – Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi jamoasi;
· 2-oʻrin – Yashnobod tumani IIO FMB jamoasi;
· 3-oʻrin – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi markaziy apparati jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, musobaqa yakunlariga koʻra quyidagi ishtirokchilar alohida nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandilar:
· “Eng yaxshi oʻyinchi” – Yunusobod tumani IIO FMB MvaFRB inspektori, kichik serjant Xayitboyev Izzatbek Valijon oʻgʻli;
· “Eng yaxshi toʻpurar” – Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasi xodimi, kapitan Abulqosimov Umid Umarovich;
· “Eng yaxshi darvozabon” – Olmazor tumani IIO FMB HPB profilaktika inspektori, leytenant Aliqulov Asadbek Nurali oʻgʻli.
Musobaqa gʻoliblarini taqdirlash marosimida Toshkent shahar IIBB boshligʻi va shahar prokurori ishtirok etib, barcha oʻyinchilarga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, bosh boshqarma boshligʻi prokuraturada ham futbol boʻyicha “Shahar prokurori kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtganligini bildirib, ikki tizimdagi futbol musobaqa gʻoliblari oʻzaro bellashishi yuzasidan taklif bildirdi. Zero, ichki ishlar organlari va prokuratura xodimlari nafaqat jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamjihat, balki jamoaviy sportda ham oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
Bu kabi musobaqalar xodimlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek, jamoaviy hamjihatlik va oʻzaro hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati




