Surxondaryo viloyatida mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-07-17 17:15:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatida hududlarni kompleks rivojlantirish, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan viloyat hokimi rahbarligida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Barcha shahar va tumanlar studiyalari videoselektor orqali ulangan mazkur yigʻilishda huquq-tartibot organlari, davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari hamda masʼul idora xodimlari ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, Prezidentimizning PQ-1- va PQ-2- sonli qarorlari ijrosini taʼminlash, aholini qiynayotgan dolzarb muammolarni bartaraf etish masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilinib, masʼullarning hisobotlari tinglandi hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan aniq topshiriqlar belgilab berildi.
Yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida alohida eʼtirof etilgan Termiz shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimining “Guliston” mahalla profilaktika inspektori katta leytenant Odil Jabborovning samarali faoliyati ham eʼtirof etildi.
Xususan, ketma-ket uch yil davomida “qizil” toifada boʻlib kelgan “Guliston” mahallasida olib borilgan yakunlariga koʻra “yashil” toifaga olib chiqildi.
Mazkur natijalar Prezidentimiz tomonidan yuksak baholanib, mahalla profilaktika inspektoriga muddatidan oldin “kapitan” maxsus unvoni berildi.
Davlatimiz rahbarining ushbu yuksak eʼtirofi bugungi yigʻilishda tantanali ravishda Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan topshirildi.
Mazkur eʼtirof mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda xalq manfaatlari yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlari mehnatiga berilgan yuksak baho sifatida eʼtirof etildi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati



