Fargʻona viloyatida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” hamda “Komplayens va maʼnaviy madaniyat oyligi” doirasida oʻrganishlar oʻtkazildi
2026-07-17 14:30:00 / Yangiliklar

Vazir oʻrinbosari polkovnik Rustam Mirzayev “Xavfsiz va sogʻlom yurt”, shuningdek “Komplayens va maʼnaviy madaniyat oyligi” doirasida Fargʻona viloyatida oʻrganishlarni amalga oshirdi.
Tadbir davomida, xizmat vaqtida vafot etgan marhum xodimning xonadoniga borilib oila aʼzolaridan xabar olindi, shuningdek Ichki ishlar organlarining yosh xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Bundan tashqari, 10-son Tergov hibsxonasi, TVBSO, Vaqtincha saqlash hibsxonasi, qizil mahalla hisoblangan Fargʻona shahar “Maʼrifat” MFY va “Kimyogar” oromgohiga tashrif buyurib mavjud muammolar bilan tanishdi.
Yakunida IIV Ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda 6 oyda erishilgan natijalar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yigʻilish oʻtkazilib, xizmat yoʻnalishida yaxshi natijalarga erishgan xodimlar ragʻbatlantirildi.



