Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida navbatdagi qabul jarayonlari boshlangan
2026-07-17 10:50:00 / Yangiliklar

Magistraturaning “tashkiliy-taktik boshqaruv”, “tashkiliy-strategik boshqaruv” va “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassislik yoʻnalishlarida oʻqish istagida boʻlgan nomzodlar kirish imtihonlarini topshirmoqda.
Imtihonlar maxsus kasbiy tanlov (yozma ish va test sinovi) hamda yakka tartibdagi yakuniy suhbat shaklida oʻtkazilmoqda. Yakuniy suhbat masʼul rahbarlar, boy amaliy tajribaga ega mutaxassislar va professor-oʻqituvchilardan iborat komissiya tomonidan qabul qilinmoqda.
Aytish joizki, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar taʼlim jarayonlarini ilgʻor yondashuvlar asosida tashkil etish, tizim uchun professional rahbar kadrlarni tayyorlash, boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Soha oldidagi ustuvor vazifalardan kelib chiqib, kirish imtihonlarida har bir nomzodning bilim salohiyati xolisona va adolatli baholanmoqda.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati



