Matbuot anjumani
2026-07-14 / Voqealar taqvimi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Ochiqlik va xalq bilan muloqot — asosiy mezon: Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan joriy yilning birinchi yarim yilligi boʻyicha tahliliy hisobot” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazish rejalashtirilgan.
Matbuot anjumanida Vazir oʻrinbosari — Tergov departamenti rahbari polkovnik Ramazon Ashropov boshchiligida sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etadilar.
Tadbir davomida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbiri ikkinchi bosqichining dastlabki oʻn kunligi sarhisobi taqdimot qilinadi.
Oʻtkazish vaqti: 2026-yil 14-iyul (seshanba), soat 10.00
Manzil: IIV Madaniyat saroyi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor koʻchasi, 5
Matbuot anjumaniga barcha OAV va jamoatchilik vakillari taklif etiladi.
