IIV rahbariyati tomonidan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarini Qashqadaryo viloyati hududida samarali tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilandi
2026-07-10 14:30:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik Ramazon Ashropov rahbarligida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda respublika hududida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolarning hayoti va mol-mulki daxlsizligini ishonchli taʼminlash, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, sohaviy xizmatlar oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, hududlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, aholi bilan manzilli ishlash va profilaktik tadbirlarni sifatli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilish yakunida barcha hududiy va sohaviy xizmatlar rahbarlariga belgilangan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli taʼminlash, xizmat intizomi hamda shaxsiy masʼuliyatni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq koʻrsatmalar berildi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati



