Namangan viloyati IIB boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruhning kompleks oʻrganishlari Kosonsoy tumanida davom etmoqda
2026-07-10 14:10:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati IIB boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan viloyat hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini yanada kuchaytirish hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻrganish ishlari Kosonsoy tumanida davom ettirildi.
Ishchi guruh aʼzolari “Yangi yoʻl” va “Yoshlik” mahallalarida boʻlib, profilaktika ishlarining tashkil etilishi, aholi bilan manzilli ishlash, mahalla yettiligining hamkorlikda amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan tanishdi.
Shuningdek, mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida faoliyat yuritayotgan chet tillarini oʻrgatish toʻgaraklari ham koʻzdan kechirildi. Yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, taʼlim jarayoni sifati va toʻgaraklar samaradorligi yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
Oʻrganishlar davomida mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, yoshlar bandligini taʼminlash va ularni turli salbiy illatlardan asrashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish, shuningdek, “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Bu kabi kompleks oʻrganishlar viloyatning barcha hududlarida izchil davom ettirilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



