Namangan viloyati Davlatobod tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tungi xizmat faoliyati hamda ommaviy tadbirlar xavfsizligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2026-07-10 12:10:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbarlari tomonidan Davlatobod tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlashga jalb etilgan xodimlarning tungi xizmat faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida aholi osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda tungi xizmatni samarali tashkil etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi. Xususan, “Orzu”, “Yuksalish” va “Tadbirkor” mahallalarida xizmat olib borayotgan tungi naryadlarning faoliyati, hududdagi koʻp qavatli uy-joy massivlari xavfsizligi hamda videokuzatuv tizimlari orqali olib borilayotgan nazorat holati oʻrganildi.
Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston bogʻida oʻtkazilishi rejalashtirilgan ommaviy tadbirlar davomida jamoat xavfsizligini taʼminlash, fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi, kuch va vositalarni samarali joylashtirish hamda xizmatlararo hamkorlikni tashkil etish yuzasidan koʻrilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlari ham tahlil qilindi.
Oʻrganishlar davomida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xizmat samaradorligini oshirish va raqamli nazorat imkoniyatlaridan unumli foydalanish boʻyicha masʼul rahbarlar tomonidan xodimlarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



