Toshkent shahar Bektemir tumanida kiberxavfsizlikka bagʻishlangan oʻquv-seminari oʻtkazildi
2026-07-10 11:30:00 / Yangiliklar

Bektemir tumani hokimligida tuman hokimi hamda Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda bugungi kunda turi va usullari kundan-kunga koʻpayib, murakkablashib borayotgan kiberjinoyatlar, onlayn firibgarlik va bank kartalaridan pul oʻgʻirlash holatlarining oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tuman aholisini raqamli tahdidlardan asrash boʻyicha oʻzaro hamkorlik rejalari belgilab olindi.
Muhokamalardan soʻng, tuman hokimligida barcha korxona, idora va tashkilotlar rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirokida keng qamrovli oʻquv-seminari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga:
Zamonaviy kiberfiribgarlar foydalanayotgan yangi usullar;
Soxta (fishing) havolalar orqali aldanib qolmaslik qoidalari;
Tashkilotlar va fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlanishi boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
IIV Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Axborot xizmati



