Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boshchiligida Buxoro viloyati IIBda joriy yilning 6 oylik yakunlariga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2026-07-09 19:55:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Botir Qudratxoʻjayev rahbarligida joriy yilning 6 oyi yakunlariga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Videoselektor tarzida oʻtkazilgan tadbirda viloyat IIB rahbariyati, sohaviy xizmatlar rahbarlari, barcha shahar va tuman ichki ishlar organlari boshliqlari hamda shaxsiy tarkib ishtirok etdi.
Yigʻilish kun tartibidan 2026-yilning birinchi yarmida viloyat hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat xavfsizligini ishonchli taʼminlash hamda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar tahlili oʻrin oldi.
Muhokamalar davomida xizmat faoliyatida erishilgan ijobiy natijalar, “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar qayd etilib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi. Yigʻilish yakunida esa kelgusida kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish, xodimlar masʼuliyatini oshirish va jamoat tartibini saqlash samaradorligini kuchaytirish yuzasidan masʼullarga aniq hamda kechiktirib boʻlmaydigan vazifalar belgilab olindi.









