Ichki ishlar vazirligi akademiyasida taʼlim olayotgan magistratura tinglovchilari yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmoqda
2026-07-09 15:20:00 / Yangiliklar

Imtihon va diplom himoyalarida shaffoflikni taʼminlash, tinglovchilarning bilim salohiyatini xolisona baholash maqsadida masʼul idoralar vakillari, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari rahbarlari, shuningdek yetakchi oliy taʼlim muassasalari hamda akademiyadan tajribali professor-oʻqituvchilar jalb qilingan.
Komissiyalar tomonidan bitiruvchilarning oʻqish davomida olgan bilim va koʻnikmalaridan tashqari, boshqaruv qobiliyati, strategik fikrlashi, siyosiy-maʼrifiy dunyoqarashi, KPI koʻrsatkichlari hamda boshqa mezonlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, magistrlik dissertatsiyalarida mavzuning dolzarbligi, muammolarning yechimlariga qaratilgan taklif va tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari, tizimning faoliyat samaradorligini oshirish omillari, istiqboldagi ustuvor vazifalar va kutilayotgan natijalar atroflicha tahlil qilinmoqda.
Eslatib oʻtamiz, yakuniy davlat attestatsiyasi 28-iyulga qadar davom etadi. Tinglovchilar ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi hamda mutaxassislik fanlaridan imtihon topshirib, magistrlik dissertatsiyalarini himoya qildilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati



