Namangan viloyati IIB boshligʻi rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbirlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
2026-07-09 15:20:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati hududida “qizil“ toifadagi mahallalarda tizimli ravishda ishlarni tashkil etish va ularni bosqichma-bosqich “yashil“ toifaga olib chiqish, shuningdek, “Xavfsiz va sogʻlom yurt“ keng qamrovli profilaktik tadbirlarining ikkinchi bosqichida amalga oshirilayotgan ishlar boshqarma ishchi guruhi tomonidan tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Xususan, boshqarma boshligʻi tomonidan dastlab Chortoq tumani IIB xodimlarining faoliyati hamda “Xavfsiz va sogʻlom yurt“ keng qamrovli profilaktik tadbirlarining natijalari tanqidiy ruhda muhokama qilinib, profilaktik tadbirlarni jadallashtirish yuzasidan aniq koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, tumandagi “A.Navoiy“, “Zafar Diyor“, “Doʻstlik“, “Baynalmilal“ va “Bahrikenglik“ mahallalari faoliyati bilan tanishilib, mahalla yettiligi, jumladan, profilaktika inspektorining faoliyati muhokama qilindi hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilikka barham berish, aholi muammolarini oʻrganish va boshqa sohaga doir masalalar boʻyicha topshiriqlar berildi.
Ishchi guruhning bu kabi oʻrganishlari barcha hududlarda tizimli ravishda olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati







