“Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari davomida xonadonida giyohvandlik oʻsimliklari yetishtirgan shaxs aniqlandi
2026-07-05 21:30:00 / Yangiliklar

Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Xavfsiz va sogʻlom yurt” kompleks tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Yangiyoʻl shahar IIB tezkor xodimlari tomonidan “Yangihayot” MFY hududida joylashgan xonadon oʻrganilgan.
Natijada ushbu uy egasi xonadon hovlisidagi issiq xona (parnik) ichida jami boʻlib 22 tup tarkibida giyohvandlik vositasi boʻlgan oʻsimliklarni parvarishlab, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi va xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan 53 yoshli fuqaro B.M. ga nisbatan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati


