Ichki ishlar vazirligi rahbariyati boshchiligida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida xizmat oldi yigʻini boʻlib oʻtdi
2026-07-02 11:00:00 / Yangiliklar

Yigʻin davomida jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar tinchligi hamda osoyishtaligini saqlash borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan xizmat xodimlariga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, profilaktik tadbirlar davomida xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilish, aholi bilan xushmuomalada boʻlish, murojaatlarga tezkor va qonuniy munosabat bildirish hamda xizmat vazifalarini yuksak masʼuliyat bilan bajarish zarurligi alohida taʼkidlandi.
Tezkor profilaktik tadbir davomida huquq-tartibotni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolar xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan choralar kuchaytirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati






