“Dizayner, veb-dizayner, infografik dizayner” yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma asosida ishga jalb etish maqsadida fuqarolar orasidan tanlov oʻtkazish yuzasidan eʼlon
2026-06-26 07:45:00 / Yangiliklar

1. IIV EKBMga “dizayner, veb-dizayner, infografik dizayner” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassis sifatida shartnoma asosida ishga jalb etish maqsadida mutaxassislikka va yuqori malakaga ega boʻlgan fuqarolar orasidan tanlov shartlari:
• Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.
• Toshkent shahrida yashash joyiga ega boʻlishi lozim.
• Oliy maʼlumotli yoki oʻrta-maxsus “Dizayn (badiiy kompyuter grafikasi)” mutaxassisligiga ega boʻlishi lozim.
• “Dizayner, veb-dizayner, infografik dizayner” yoʻnalishlari boʻyicha bilim, koʻnikma va 10 (oʻn) yildan yuqori ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
• “Dizayner, veb-dizayner, infografik dizayner” yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan toʻplangan hujjatlar boʻlishi lozim.
• Rus va ingliz tillarini mukammal bilishi lozim.
• Sogʻligi boʻyicha mutaxassis sifatida faoliyat olib borishda cheklovlar boʻlmasligi lozim.
• Huquqbuzarliklar sodir qilmagan boʻlishi lozim lozim.
Maʼlumot uchun: “dizayner, veb-dizayner, infografik dizayner” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassis sifatida shartnoma asosida ishga jalb etiladigan fuqaro Ichki ishlar organlarining shahodatlangan xodimi sifatida ishga qabul qilinmaydi, yaʼni, shartnomada belgilangan muddatda mutaxassis sifatida ishga jalb etiladi.
2. Ishga jalb etiladigan mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash miqdori, ish vaqti, asosiy vazifalari, majburiyatlari va huquqlari belgilangan tartibda ikki tomonlama tuziladigan shartnomada belgilanadi.
3. Talabgorlar 2026-yil 20-iyun kuniga qadar, ish kunlari soat 09:00dan 17:00 gacha IIV Ekspert-kriminalistika bosh markaziga murojaat qilishi lozim.
Murojaat uchun telefon: 71-231-47-98
