Sport. Chempionlar ulgʻayotgan xonadon
2026-06-24 23:00:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublika-si IIV JXX PPX inspektori, katta serjant Tursinbay Abdirasuliyev maktab davridanoq qoʻl jangi va sambo bilan shugʻullanib, vazirlik miqyosidagi musobaqalarda 15 dan ortiq medallar sohibi boʻlgan va fidokorona xizmati uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlangan.
Bugungi kunda u turmush oʻrtogʻi Dilfuza Ajimova bilan birgalikda oilasida haqiqiy sport muhitini yaratgan.
Ularning toʻrt farzandi — 10-sinf oʻquvchisi Elbrus futbol boʻyicha sport ustaligiga nomzod darajasiga erishgan boʻlsa, qizi — voleybol boʻyicha U-15 Qoraqalpogʻiston oʻsmirlar terma jamoasi aʼzosi Biybijamal Idaytullayeva murabbiy A.Kazakov qoʻl ostida voleybol bilan shugʻullanib, shu yil aprel oyida Xorazmdagi musobaqada jamoasi bilan 3-oʻrinni egalladi.
Kenja farzand, 2-sinf oʻquvchisi Pamir esa gimnastika boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi ochiq turnirida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Katta serjant T.Abdirasuliyevning farzandlari bugungi kunda otasining yoʻlidan borib, xizmat va sportda yuksak marralarni zabt etishni maqsad qilgan.
©️ “Postda” gazetasi, Azamat Pirniyazov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
