Surxondaryo viloyatida voleybol sport turi boʻyicha kichik oʻsmirlar va qizlar oʻrtasida oʻtkaziladigan “Prezident Olimpiadasi” musobaqalariga tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda
2026-06-24 09:00:00 / Yangiliklar

Ayni paytda oʻgʻil bolalar Termiz shahrida, qiz bolalar esa Boysun tumanida oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda. Mashgʻulotlar doirasida qizlar jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil qilinib, ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va jamoaviy harakatlari yanada takomillashtirilmoqda.
Oʻquv-yigʻin jarayonlari davomida sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganilib, aniqlangan ayrim kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi.
Xususan, ishtirokchilarning yashash sharoitlarini yaxshilash hamda mashgʻulotlar samaradorligini oshirish maqsadida yotoqxona va zarur sport anjomlari bilan taʼminlash ishlari amalga oshirildi.
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi Surxondaryo viloyati boʻlimi raisi oʻrinbosari Joʻrabek Avazov mashgʻulotlarda ishtirok etayotgan yosh sportchilar bilan uchrashib, ularning tayyorgarligi bilan yaqindan tanishib, musobaqaning respublika bosqichi — Prezident Olimpiadasida munosib ishtirok etishlarida omadlar tiladi.
Taʼkidlash joizki, bunday oʻquv-yigʻin mashgʻulotlari yosh voleybolchilarning tajribasini boyitish, raqobat muhitini kuchaytirish va nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Surxondaryo viloyati jamoasi ham hudud sharafini munosib himoya qilish maqsadida puxta tayyorgarlik koʻrmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati




