Qashqadaryo viloyati IIB rahbariyati ishtirokida tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi
2026-06-24 09:00:00 / Yangiliklar

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, viloyat hokimi oʻrinbosari, tuman hokimi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va uning tarkibidagi mahallalar, “Obod” mahalla fuqarolar yigʻini faollari, profilaktika inspektorlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan muhokama yigʻilishi tanqidiy ruhda oʻtkazildi.
Unda boshqarma boshligʻi, polkovnik Abduvoxid Ismoilov sodir etilgan jinoyatni yuzaga keltirgan omillarni atroflicha tahlil qildi. Mahalla yettiligi faoliyatida sustkashlikka yoʻl qoʻyib boʻlmasligini tanqid ostiga oldi.
Sharʼiy ravishda nikohlanib yashash holatlari koʻp uchrayotgani, bunday holatlar oilaviy munosabatlarga zarar berishi kabi holatlar misollar yordamida tushuntirildi.
Nizoli oilalar bilan koʻproq ishlash, bolalar tarbiyasida ota-onalarning oʻrni boʻyicha profilaktik suhbatlar, targʻibotlarni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tuman rahbarlari, mahalla yettiligi “fuqarobay” va “xonadonbay” ishlarni yanada jonlantirishi, vaqtida profilaktik ishlarni amalga oshirishi, berilgan topshiriqlar yuzasidan faoliyatni reja asosida olib borish majburiyati yuklandi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati









