Jizzax viloyati IIBda “Chilonzor tajribasi” asosida xizmat faoliyati muhokama qilindi
2026-06-22 10:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasida “Chilonzor tajribasi” asosida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa qizil toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Unda viloyat IIB boshligʻi, oʻrinbosarlar, sohaviy xizmatlar rahbarlari, hududiy IIB boshliqlari, profilaktika inspektorlari, shuningdek, Jizzax shahridagi 24 ta mahallaga biriktirilgan viloyat rahbarlar hamda 34 ta mahallaga biriktirilgan masʼul xodimlar ishtirok etdi.
Yigʻilishda boshqarma boshligʻi tomonidan “Chilonzor tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, tanqidiy tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar muhokama etildi.
Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati








