Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida “Giyohvandlik – kelajakka tahdid” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi tashkil etildi
2026-06-22 10:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati boshligʻi, podpolkovnik Saxipjamal Djoldasova hamda vazirlik markaziy apparati va tizim boʻlinmalarining shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbir davomida giyohvandlik va psixotrop moddalar isteʼmolining inson salomatligi, oila va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, ayniqsa yoshlar kelajagiga tugʻdirayotgan xavf-xatarlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Shuningdek, ushbu illatga qarshi kurashish, uning tarqalishining oldini olish hamda aholining, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yoritildi.
Mavzu doirasida mamlakatimiz qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, giyohvandlik vositalari hamda kuchli taʼsir qiluvchi moddalar noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan yangi huquqiy mexanizmlar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining giyohvandlikka qarshi kurashish, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish va yoshlarni turli yot illatlardan asrash masalalariga bagʻishlangan murojaatnomasi namoyish etildi.



