Jizzax viloyati Forish tumanida mahallalar oʻrtasida voleybol musobaqasi oʻtkazildi
2026-06-21 09:45:00 / Yangiliklar

Forish tumanida yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida mahallalar oʻrtasida voleybol musobaqasi oʻtkazildi. Tadbir Oqtepa mahallasidagi 34-umumtaʼlim maktabida yuqori kayfiyat va qizgʻin raqobat muhitida boʻlib oʻtdi.
Musobaqa davomida jamoalar oʻz mahoratlarini namoyish etib, sportga boʻlgan qiziqish va intilishlarini koʻrsatdilar. Gʻoliblarni taqdirlash marosimida Jizzax viloyati IIB boshligʻi ishtirok etib, yoshlar tarbiyasida sportning ahamiyati, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va boʻsh vaqtni samarali tashkil etishdagi oʻrnini taʼkidladi.
Tadbir davomida gʻolib va sovrindor jamoalar diplom, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Tadbir yoshlar oʻrtasida sportni ommalashtirish va mahallalar oʻrtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.







