Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari oʻrtasida “Departament boshligʻi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi
2026-06-18 09:00:00 / Yangiliklar

Buxoro shahrida Oltinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi mezbonligida Departament tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari oʻrtasida sportning Milliy kurash turi boʻyicha “Departament boshligʻi kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada xodimlar 7 vazn toifasida oʻzaro kurashdilar. Keskin va murosasiz ruhda kechgan bahslar yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida 1-oʻrin Markaziy tergov hibsxonasi jamoasiga nasib etdi.
3-mintaqaviy hudud jamoasi 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, 5 va 6-mintaqaviy hudud terma jamoasi faxrli 3-oʻrindan joy oldi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari Departament boshligʻining kubogi, esdalik hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, ular Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtadigan “Vazir kubogi” musobaqasida ishtirok etish yoʻllanmasini qoʻlga kiritdilar.
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Axborot xizmati








