Jamoat xavfsizligini taʼminlashdagi xizmatlari eʼtirof etildi
2026-06-16 13:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11-iyun kuni Toshkent shahrida Cobalt rusumli avtomashina haydovchisining fuqarolar hayotiga xavf tugʻdiruvchi noqonuniy harakatlariga chek qoʻyish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ogʻir oqibatlarning oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan tezkor tadbirda faol ishtirok etgan ichki ishlar organlari xodimlari ragʻbatlantirildi.
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimi mayor Shuxratjon Norqulov, shuningdek Toshkent shahar IIBB xodimlari podpolkovnik Farrux Mirzayev va mayor Bekzod Qirgʻizbayev “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB xodimlari katta leytenant Sherali Saydaxmatov hamda katta serjant Anvar Abdullayev Ichki ishlar vazirligining esdalik qoʻl soati bilan mukofotlandi.
Mukofotlar masʼul rahbarlar tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur mukofot xodimlarning xizmat burchiga sadoqati, kasbiy mahorati va fidoyiligining eʼtirofi boʻldi.





