Toshkent viloyati IIBB va DXX viloyat boshqarmasi tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda 20 yoshli ayolning «odam savdosi» qurboni boʻlishining oldi olindi
2026-06-14 12:25:00 / Yangiliklar

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi 25 yoshli ayol Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida yashovchi tanishlari bilan jinoiy til biriktirib, oson daromad orttirish maqsadida, Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanida yashovchi ayolning ishonchiga kirib, uni aldov yoʻli bilan chet elga yuborishga uringan.
Gumonlanuvchi shaxs, ushbu ayolni xorijdagi tanishida moʻmay daromad topuvchi bir nechta boʻsh ish oʻrinlari borligiga ishontirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga «shahvoniy ekstraditsiya», fohishalik uchun yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlandi.
Maʼlum boʻlishicha, jabrlanuvchini Dubay shahrida yashovchi boshqa bir oʻzbekistonlik ayol kutib olishi kerak boʻlgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan, ushlangan shaxsga nisbatan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “d”, “k” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek jinoyatga aloqador boshqa shaxslarning shaxsini aniqlash va ularni tergovga jalb qilish choralari koʻrilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati


