IIV tizimidagi oʻquv bazalarida yaratilgan sharoitlar oʻrganildi
2026-06-13 17:40:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari, polkovniklar Diyorbek Sattarov va Rustam Mirzayevlar IIV Qorovul qoʻshinlari dala oʻquv poligoni va Malaka oshirish institutining Olmaliq oʻquv bazasida tinglovchilar hamda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʻrganildi.
Tashrif davomida oʻquv va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilayotgan obyektlar koʻzdan kechirilib, mavjud infratuzilma hamda taʼlim jarayonining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Oʻrganishlar yakunida oʻquv-moddiy bazani takomillashtirish, tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash hamda mashgʻulotlar sifatini oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.









