Sirdaryo viloyati rahbariyati tomonidan Sayxunobod tumanida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi
2026-06-13 20:00:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi polkovnik Farrux Xaydarov tomonidan Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” mahallasida jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1 va PQ–2-son qarorlari hamda “Chilonzor tajribasi” doirasida belgilangan vazifalar ijrosi, mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish, aholi bilan manzilli ishlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Oʻrganishlar jarayonida Sayxunobod tumani IIB boshligʻi hamda sohaviy xizmat rahbarlari tomonidan mahalladagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, profilaktika hamda qoʻriqlash xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida tomchilatib sugʻorish tizimlari uchun oʻrnatilgan suv nasoslarining qoʻriqlov vositalari orqali muhofaza qilinishi, ularni markazlashgan kuzatuv tizimlariga ulash hamda xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ham oʻrganildi. Oʻrnatilgan texnik qoʻriqlov vositalarining samaradorligi koʻrib chiqilib, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.
Oʻrganishlar yakunida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish, qoʻriqlash xizmatlari faoliyatini yanada kuchaytirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash yuzasidan masʼullarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati








