Navoiy viloyatida IIV JXD YHXX rahbarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
2026-06-13 15:50:00 / Yangiliklar

Bugun Navoiy shahridagi Yoshlar markazi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati rahbarining sayyor qabuli tashkil etildi.
Mazkur sayyor qabuldan koʻzlangan asosiy maqsad fuqarolarni qiynayotgan muammolarni oʻrganish, ularga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqot oʻrnatishdan iborat boʻldi.
Qabul davomida viloyatning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolar bir qancha masalalar yuzasidan oʻz murojaatlarini bildirdilar.
Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha tinglanib, har bir murojaat yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan ayrim murojaatlar nazoratga olinib, ularni hal etish uchun aniq muddatlar belgilab berildi.
Tadbir davomida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakat muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham maʼlumotlar berildi.









