Namanganda mahalliy va xorijiy investorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2026-06-11 14:30:00 / Yangiliklar

Namangan shahridagi “Maʼrifat maskani”da boʻlib oʻtgan uchrashuvda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning “GOOD NEIGHBOURS” xalqaro gumanitar va taraqqiyot tashkilotining Pokistondagi vakolatxonasi direktori Byungsun Parkni qabul qildi. Uchrashuvda xayriya, taʼlim muassasalarini grant asosida rekonstruksiya qilish hamda investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shundan soʻng viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat IIB boshligʻi va prokurori tomonidan mahalliy hamda xorijiy investorlarning murojaatlari tinglandi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan qurilish, kadastr, yer munosabatlari, bank kreditlari, soliq, sud-huquq, kommunal sohalar, yangi ish oʻrinlari yaratish va ishlab chiqarishni kengaytirishga oid masala hamda takliflar bildirildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan masalalar esa masʼul tashkilotlar nazoratiga olindi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



