Qidiruv eʼlon qilingan ayol Turkiyada qoʻlga olindi
2026-06-10 09:40:00 / Yangiliklar

IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Turkiya Respublikasi IIV bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida 6 yil muqaddam JKning 135-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan, 1995-yilda tugʻilgan ayol Turkiyaga qochib ketib, yashirinib yurgani maʼlum boʻldi.
U Turkiyaning Istanbul shahrida yashab kelgan holda 2025 yilda sheriklari bilan til biriktirib, oʻzining jinoiy rejasiga asosan bir nechta ayollarni moʻmay daromad evaziga shahvoniy xizmatlar koʻrsatishga majbur qilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyatchi yana ayollardan foydalanish maqsadida bir nechtasini Toshkentdan Istanbul shahriga yuborish jarayonida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.
