Buxoro viloyati IIB rahbariyati huzurida boʻlib oʻtgan yigʻilishda jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi
2026-06-09 10:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati IIB boshligʻi huzurida viloyatimiz hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish samaradorligini oshirishga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbirda hududlarda kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlari yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, mahallalar kesimida mavjud dolzarb muammolar, jinoyatchilikka taʼsir etuvchi omillar, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda masʼul xodimlar faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
Muhokama davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlarni kuchaytirish va kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan qizil toifadagi mahallalarda ish samaradorligini oshirish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Xususan, fuqarolar muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganib ijobiy hal etish, shuningdek, davlatimiz rahbarining PQ-1 va PQ-2 qarorlari hamda “Chilonzor tajribasi“ asosida aniq chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha masʼullarga qatʼiy koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati



