6 yildan buyon qidiruvda boʻlgan firibgar shaxs IIV Tezkor-qidiruv departamenti xodimlari saʼy-harakatlari natijasida Turkiyada qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga qaytarildi
2026-06-06 16:25:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston va Turkiya davlati huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari ishtirokida “4+4” mexanizmi doirasida rasmiy tashriflar amalga oshirilgan edi. Unda ichki ishlar organlari oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va kelgusidagi amalga oshirilishi belgilab olingan ustuvor yoʻnalishlar doirasida ikki davlat ichki ishlar vazirliklarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olishda tezkor va samarali axborot almashish borasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni tashkil etilganligi oʻzining amaliy natijalarini bermoqda.
Jumladan, IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Turkiya Respublikasi IIV bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida muqaddam JKning 168-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan ayol qoʻlga olindi. U oʻzi tashkil etgan MCHJga fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborish boʻyicha tegishli litsenziyaga ega boʻlmasdan, ularni AQSH va Yevropa davlatlariga yaxshi ish haqi toʻlanadigan ishlarga ishlash uchun yuborishini aytib aldab kelgan. Sodir etayotgan firibgarlik jinoyatini yashirib fuqarolarga turli xildagi xizmatlarni koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish orqali ularning ishonchiga kirib, katta miqdordagi pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan va oʻzining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan
2020-yildan buyon qidiruvda boʻlgan bu firibgar ayol Turkiyada yashirinib yurganligi aniqlanib qoʻlga olindi va Oʻzbekistonga qaytarildi.
