Andijon viloyatida IIV rahbariyati tomonidan “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi va “Vatanparvar” oromgohidagi qurilish ishlari koʻzdan kechirildi
2026-06-06 09:00:00 / Yangiliklar

Andijon viloyatida qoʻl jangi boʻyicha oʻtkazilgan “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining final bahslari yuqori saviyada tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar hamda kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻi Diyorbek Sattarov hamda Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha Rustam Mirzayev ishtirok etib, musobaqa davomida yuqori mahorat va irodani namoyon etgan sportchilarni munosib taqdirladilar.
Tashrif doirasida IIV rahbariyati Xonobod shahrida Andijon viloyati IIB tasarrufida barpo etilayotgan “Vatanparvar” yozgi bolalar oromgohida boʻlib, qurilish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur oromgoh ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining mazmunli dam olishi, maʼnaviy-maʼrifiy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishi uchun xizmat qilishi taʼkidlanib, loyihani yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati






