Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” tizimlari faoliyati joyiga chiqqan holda oʻrganildi
2026-06-05 09:00:00 / Yangiliklar

IIV “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi rahbariyati tomonidan Toshkent shahrida ichki ishlar organlari faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda amaliy yordam koʻrsatish ishlari amalga oshirildi.
Oʻrganishlar davomida Chilonzor va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida “Xavfsiz shahar” markazi tomonidan oʻrnatilgan intellektual videokuzatuv kameralarini Toshkent shahar IIBB Tezkor boshqaruv markazida joriy etilgan “Xavfsiz shahar” platformasiga integratsiya qilish jarayonlari koʻzdan kechirildi.
Mutaxassislar tomonidan tizimning ishlash mexanizmlari, videomaʼlumotlarni uzatish va qayta ishlash jarayonlari yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, IIV Akademiyasida magistratura uchun yangidan qurilayotgan maʼmuriy bino loyihasi hamda kelgusida tashkil etilishi rejalashtirilgan Situatsion markazni zamonaviy talablar asosida jihozlash masalalari ham muhokama qilinib, mazkur obyektlarda raqamli boshqaruv, videokuzatuv va axborot tizimlarini integratsiya qilish boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Oʻrganishlar yakunida “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi









