Andijonda aholini qiynayotgan muammolar oʻrganildi
2026-06-04 15:15:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Botir Qudratxodjayev tomonidan Andijon viloyatida fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy va huquqiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, har bir holat atroflicha oʻrganildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularni bezovta qilayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar belgilandi.



