65-Xalqaro gullar festivali doirasidagi ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarda xavfsizlik choralari oʻrganildi
2026-06-04 11:50:00 / Yangiliklar

Namangan shahrida davom etayotgan 65-Xalqaro gullar festivali doirasida oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlarni yuqori saviyada, xavfsiz va tartibli tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Namangan viloyati IIB, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi boshliqlari va viloyat hokimligi vakillari tomonidan “Afsonalar bogʻi” tematik parki hududida oʻrganish ishlari olib borilib, tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat xavfsizligini taʼminlash, yongʻin xavfsizligi choralariga rioya etilishi, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, masʼullarga ommaviy tadbirlar davomida fuqarolarning erkin harakatlanishi, xavfsizligi va qulayligini taʼminlash, xizmatlarni oʻzaro hamkorlikda muvofiqlashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati



