Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati tomonidan Sirdaryo tumani hududida oʻrganish ishlari olib borildi
2026-06-04 10:35:00 / Yangiliklar

Oʻrganishlar davomida boshqarma boshligʻi dastlab tumanda joylashgan “Sirdaryo” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohiga tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar, bolalarning dam olishi va sogʻlomlashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, bolalarning xavfsiz va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, tibbiy xizmat koʻrsatish holati hamda oromgoh hududidagi umumiy infratuzilma holati koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida masʼullarga bolalarning dam olishini yanada samarali tashkil etish, xavfsizlikni taʼminlash va mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.
Oʻrganish ishlarining navbatdagi manzili sifatida Sirdaryo tumani Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlanadigan Sirdaryo daryosi ustidagi temir yoʻl koʻprigi hududi boʻldi.
Mazkur hududda boshqarma boshligʻi xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati, navbatchilik tartibi hamda hududni qoʻriqlash va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, xodimlarning xizmatni tashkil etish holati, tezkor vaziyatlarda harakatlanish tartibi va xizmat intizomi koʻzdan kechirildi.
Oʻrganishlar davomida masʼullarga xizmat samaradorligini oshirish, hudud xavfsizligini taʼminlashda doimiy shaylikni saqlash hamda xizmat vazifalarini qatʼiy tartibda bajarish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati



