Toshkent viloyati IIBB tomonidan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida bayram tadbiri tashkil etildi
2026-06-02 09:00:00 / Yangiliklar

1-iyun — “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Toshkent viloyati IIBB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili S.M.Haydarova, Ichki ishlar vazirligi JXX HPB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik N.Sh.Giyasova, hamda Toshkent viloyati IIBB JXX XPB rahbariyati mehmon boʻlishib, bolajonlarga esdalik sovgʻalar bilan bayram kayfiyati ulashdilar.
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi xonandalarining kuy qoʻshiqlari tadbirga yanada koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Bayramda bolajonlar oʻzlarining raqs va sheʼrlari bilan chiqib iqtidorlarini namoyon qilishdi.
Soʻzga chiqqanlar xalqaro bolalarni himoya qilish kuni — bayrami bilan bolalarni qutlab, oʻzlarining samimiy tilaklarini izhor qildilar va kelajakda eliga, yurtiga nafi tegadigan shaxs boʻlib yetishishlariga ishonch bildirishdi.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati






